RG EPDM — CHOKSIZ REZINA QOPLAMA RG EPDM rezina qoplamasi bevosita buyurtmachining obyektida tayyorlanadi. Qoplama ikki qatlamdan iborat: Birinchi qatlam: SBR rezina granulasi poliuretan yelimi (PU) bilan aralashtirilib, 8–10 mm qalinlikda yotqiziladi. Ikkinchi qatlam: Rangli EPDM rezina granulasi poliuretan bog‘lovchi (PU Binder) bilan aralashtirilib, 2–4 mm qalinlikda yotqiziladi. Qoplamaning umumiy qalinligi: 12–14 mm. Mavjud ranglar: Qizil, yashil, sariq va ko‘k. Qo‘llanilish sohalari:
Bolalar o‘yin maydonchalari.
Sport maydonchalari (basketbol, voleybol, futbol).
Workout (sport mashqlari) maydonchalari.
Basseyn atrofidagi yo‘laklar.
Piyodalar yo‘laklari.
Qoplamaning afzalliklari:
Sovuq va issiqqa chidamlilik.
Sirpanish xavfini kamaytirish.
Issiqlik o‘tkazuvchanligining pastligi.
Elastik yuzasi yiqilish vaqtida jarohatlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Ranglarning keng tanlovi.
Sifat va kafolat: Qoplamani tayyorlashda Yevropa davlatlaridan yetkazib beriladigan materiallardan foydalaniladi. Qoplamaga 5 yil kafolat beriladi. Mahsulot xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi va muvofiqlik sertifikatlariga ega. Qoplama o‘rnatiladigan asosga talablar: Rezina qoplamani yotqizishdan oldin maydonning asosi tekis qilib tayyorlanishi kerak. Masalan, beton styajka qilinishi lozim.